Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat jilova.uz sayti va Jilova ilovasi (keyingi o'rinlarda: "Xizmat") qaysi ma'lumotlaringizni yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1. Qisqacha
- Loyihalaringiz va yuklagan skrinshot, videolaringiz serverga yuklanmaydi, ular faqat sizning brauzeringizda saqlanadi.
- Biz faqat hisobingiz va to'lovlaringiz uchun zarur ma'lumotlarni saqlaymiz.
- Karta ma'lumotlaringizni ko'rmaymiz va saqlamaymiz.
- Ma'lumotlaringizni sotmaymiz.
2. Qaysi ma'lumotlarni yig'amiz
2.1. Google orqali kirganda
Google bizga quyidagilarni beradi va biz ularni saqlaymiz:
- email manzilingiz;
- ismingiz;
- profil rasmingiz havolasi.
Bundan tashqari, hisob yaratilgan sana va oxirgi marta kirgan vaqtingiz saqlanadi.
2.2. Tarif va to'lovlar
- Joriy tarifingiz va uning amal qilish muddati;
- to'lovlar tarixi: tarif, summa, sana, holat, to'lov tizimi (Payme, Click va boshqalar) va to'lov tizimidagi buyurtma raqami;
- fiskal chek ma'lumotlari;
- to'lov va tarifga oid xabarnomalar.
Karta raqami, amal qilish muddati va SMS kodlar to'lov tizimi sahifasida kiritiladi va bizga hech qachon kelmaydi.
2.3. Saytdan foydalanish
Hozircha tashqi analitika xizmatlaridan (masalan, Google Analytics yoki Yandex Metrika) foydalanmaymiz. Agar kelajakda ulasak, bu siyosatni yangilab, xizmat nomini shu yerda ko'rsatamiz.
2.4. Faqat sizning qurilmangizda qoladigan ma'lumotlar
Quyidagilar brauzeringizning ichki xotirasida (IndexedDB va localStorage) saqlanadi va bizga yuborilmaydi:
- loyihalaringiz, yuklagan rasm va videolaringiz;
- interfeys sozlamalari, masalan panel o'lchami va saralash tartibi.
Ularni faqat siz ko'rasiz. Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz, ular o'chadi va biz ularni tiklay olmaymiz.
3. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- hisobingizga kirishni ta'minlash;
- to'langan tarifni ochish va muddatini kuzatish;
- to'lovlarni tekshirish, fiskal chek berish va qonunchilik talab qilgan hisobotlarni yuritish;
- to'lov va hisobingiz bo'yicha xabar yuborish;
- murojaatlaringizga javob berish.
Ma'lumotlaringizni reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotmaymiz va bermaymiz.
4. Ma'lumotlarni kimlarga beramiz
Xizmat ishlashi uchun quyidagi tashkilotlar ma'lumotlarning bir qismini qayta ishlaydi:
| Kim | Nima uchun | Qaysi ma'lumot |
|---|---|---|
| Tizimga kirish | Google hisobingiz | |
| Supabase | Hisob va to'lovlar bazasi | 2.1 va 2.2-bandlardagi ma'lumotlar |
| Vercel | Saytni joylashtirish (hosting) | Texnik so'rov ma'lumotlari, masalan IP manzil |
| WLCM (MChJ "PAYTECH") va "PAYLOV" (AJ "OCTAGRAM") | To'lovni qabul qilish va fiskal chek | Buyurtma raqami, summa, tarif nomi |
| Payme, Click, Uzum Bank, Paylov | To'lovni amalga oshirish | Siz ularning sahifasida kiritgan ma'lumotlar |
| Davlat soliq xizmati | Fiskal chek | Chek ma'lumotlari |
Bundan tashqari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlarining rasmiy so'roviga ko'ra ma'lumot berishimiz mumkin.
Bu xizmatlarning ayrimlari serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan.
5. Saqlash muddati
- Hisob ma'lumotlari hisobingiz mavjud bo'lgunicha saqlanadi.
- To'lov va fiskal chek ma'lumotlari, hisobingiz o'chirilgan taqdirda ham, qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi. To'lov hamkorlari bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra bu muddat kamida 3 yil.
6. Ma'lumotlar xavfsizligi
- Sayt va barcha so'rovlar HTTPS orqali shifrlangan holda uzatiladi.
- Bazaga kirish huquqlari cheklangan: har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.
- To'lov tizimi bilan almashinuv raqamli imzo bilan himoyalangan.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin:
- biz saqlayotgan ma'lumotlaringiz nusxasini olish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (ismingizni hisob sahifasida o'zingiz o'zgartira olasiz);
- hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni o'chirish. To'lov ma'lumotlari bundan mustasno, ular 5-banddagi muddat davomida saqlanadi.
Buning uchun 9-banddagi manzillar orqali murojaat qiling. So'rovingizga 30 kun ichida javob beramiz.
8. Bolalar
Xizmat 18 yoshdan katta shaxslar uchun mo'ljallangan. 18 yoshga to'lmaganlar Xizmatdan, jumladan pullik tariflardan, faqat ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanishi mumkin.
9. Aloqa
- Telegram: @Baxtjon
- Email: tadqiqotchilar@gmail.com
10. O'zgarishlar
Bu siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichida xabar beramiz.